Yaqin Sharqdan qaytarilgan o‘zbekistonliklar 19 mingdan oshdi
Jamiyat
−
08 mart 2830 1 daqiqa
Bugun, 8 mart soat 07:00 holatiga ko‘ra, urush fonida Yaqin Sharqdan O‘zbekistonga jami 19 347nafar fuqaro qaytarildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, kecha, 7 mart kuni Saudiya Arabistonidan 9 ta reys amalga oshirilib, 1 680 nafar, Birlashgan Arab Amirliklaridan 2 ta reys orqali 394 nafar fuqaro olib kelingan.
Shuningdek, 7 mart kuni Erondan 5 nafar fuqaro ham O‘zbekistonga qaytarilgan.
7 mart kuni Qatar va Saudiya Arabistonidagi elchixonalar O‘zbekiston Transport vazirligi bilan birgalikda Doha shahrida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarining birinchi guruhini (208 nafar) evakuatsiya qilgan.
Fuqarolar “Centrum Air” aviakompaniyasi reysi bilan Ar-Riyod xalqaro aeroportidan uchib, joriy yil 8 mart kuni soat 05:40 da Toshkentga sog‘-salomat yetib kelgan.
Shu bilan birga, Qatardagi diplomatik vakolatxona tomonidan keyingi evakuatsiyani amalga oshirish doirasida fuqarolarning ikkinchi guruhi (126 nafar) shakllantirilgn. Ular diplomatlar hamrohligida Elchixona tomonidan ijaraga olingan avtobuslarda (3 ta) Doha shahridan olib chiqilib, “Riyod – Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha 8-mart kuni amalga oshiriladigan charter reysi orqali evakuatsiya qilinishi rejalashtirilgan.
Fuqarolarni O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha chora-tadbirlar tizimli va bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalalroq Yaqin Sharqdagi mojaro fonida joriy yil 28 fevraldan buyon ushbu mintaqadan qaytarilgan o‘zbekistonliklar soni 17 152 nafarga yetgani haqida xabar berilgan edi. Yaqin Sharqdan qaytarilgan o‘zbekistonliklar 19 mingdan oshdi.
Live
Barchasi