Yaqin Sharqdan evakuatsiya qilingan o‘zbekistonliklar 17 mingdan oshdi

Jamiyat

image

Yaqin Sharqdagi mojaro fonida joriy yil 28 fevraldan buyon ushbu mintaqadan qaytarilgan o‘zbekistonliklar soni 17 152 nafarga yetdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi xabar berdi.

Qayd etilisha, bugun, 7 mart soat 07:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonga jami 17 152 nafar fuqaro qaytarilgan.

Jumladan:

  • Saudiya Arabistonidan – 14 502 nafar
  • Birlashgan Arab Amirliklaridan – 2 356 nafar;
  • Erondan – 42 nafar;
  • Qatardan – 218 nafar;
  • Bahrayndan – 27 nafar;
  • Ummondan – 7 nafar.

Shuningdek, Transport vazirligiga ko‘ra, 28 fevraldan 7 mart ertalab soat 10:00 holatiga ko‘ra, Madina va Jidda aeroportlaridan 63 ta parvozlar bajarilib bunda 13 543 nafar O‘zbekiston fuqarolari olib kelingan. Dubay aeroportidan esa 9 ta parvoz amalga oshirilib 1401 ta fuqaro qaytarilgan.

Xorijiy aviakompaniyalar tomonidan Fly Nas (5 ta) Jidda – Toshkent, Jidda – Namangan va Fly Dubai (3 ta) Dubay – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni amalga oshirib, umumiy hisobda 1 365 nafar yo‘lovchi qaytarilgan. Bunda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining umumiy soni 990 kishini tashkil etgan. 

Eslatib o‘tamiz, 1 martdan 5 martgacha O‘zbekistonga jami 9 361 kishi evakuatsiya qilingani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

evakuatsiya Yaqin Sharq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing