Yaqin qarindoshining janozasida ishtirok etish uchun bir hududdan boshqasiga o‘tkaziladimi?

Jamiyat

image

O‘zbekistonda joriy yilning 16 martidan beri karantin rejimi amal qilyapti. Keyinroq esa karantin vaqtidagi cheklovlar kuchaytirilib, viloyatlararo avtomobil harakati to‘xtatildi. Hozir esa Toshkent, Nukus shaharlari va viloyatlar markazlarida maxsus ruxsatnomasiz avtomobilda harakatlanish taqiqlangan.

O‘zbekning turli marosimlari ko‘p. Ularning ba’zilarida qatnashish juda muhim. Masalan, yaqin insoningizning dafn marosimi kabi. Shunday vaziyatlarda fuqarolarga bir viloyat yoki shahardan boshqasiga borishga ruxsat beriladimi, degan savolning javobi ko‘pchilikka qiziq.

Ayni shu savolga Ichki ishlar vazirligi Matbuot kotibi Shohruh G‘iyosov javob berdi.

“Afsuski, qanchalik og‘ir bo‘lmasin, o‘rnatilgan cheklov barchaga istisnosiz taalluqli bo‘lib, boshqa viloyatda bo‘lgan yaqin qarindoshlaringizning dafn marosimida qatnasholmaysiz”, dedi IIV vakili.

U shuningdek, tibbiyot muassasasidan uyiga javob berilgan fuqaroni bir viloyatdan boshqa viloyatga olib o‘tish tartibiga ham to‘xtalib o‘tdi.

“Agar Siz og‘ir kasal bo‘lgan fuqaroni, masalan Toshkent shahridan o‘zining doimiy yashaydigan boshqa viloyatiga olib bormoqchi bo‘lsangiz, uning xaqiqatdan o‘sha viloyatda ro‘yhatda turganligini isbotlovchi pasporti va sog‘liqni saqlash xodimlarini tegishli xulosasi asosida postlardan olib o‘tishingiz va uyiga eltib qo‘yishingiz mumkin.

Kasalni uyiga olib borgan fuqaro, karantin cheklovlari tugamaguncha ortga qaytolmaydi”, dedi Shohruh G‘iyosov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirus yuqtirganlar soni 173 nafarga yetdi. Ularning 8 nafari kasallikdan forig‘ bo‘ldi, 2 kishi vafot etdi.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

karantin koronavirus

Baholaganlar

139

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing