YAIM hajmi eng yuqori bo‘lgan hudud ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida Toshkent shahrida  yalpi ichki mahsuloti hajmi 87,8 trillion so‘mni tashkil qilib, hududlar kesimida yetakchi bo‘ldi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi. 

Statqo‘mga ko‘ra, so‘nggi 9 oyda joriy narxlarda hududlarning YAIM hajmi quyidagicha:

  • Toshkent shahri — 87,8 trln. so‘m;
  • Toshkent viloyati — 57,2 trln. so‘m;
  • Navoiy viloyati — 42 trln. so‘m;
  • Samarqand viloyati — 37,8 trln. so‘m;
  • Farg‘ona viloyati — 33,6 trln. so‘m;
  • Qashqadaryo viloyati — 31,7 trln. so‘m;
  • Andijon viloyati — 30,4 trln. so‘m;
  • Buxoro viloyati — 27,4 trln. so‘m;
  • Namangan viloyati — 24,1 trln. so‘m;
  • Surxondaryo viloyati — 21,4 trln. so‘m;
  • Xorazm viloyati — 18,9 trln. so‘m;
  • Qoraqalpog‘iston R. — 18,1 trln. so‘m;
  • Jizzax viloyati — 15,9 trln. so‘m;
  • Sirdaryo viloyati — 11 trln. so‘m.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida yalpi ichki mahsulot o‘sishi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 106,9 foizni, jumladan, sanoat – 109,0 foizni, xizmatlar – 107,6 foizni, qishloq xo‘jaligi – 104,2 foizni tashkil qilgan. Savdo aylanmasi hajmi 167,0 trln so‘mga yetib, o‘tgan yilga nisbatan 109,8 foizga o‘sgan.


Maqola muallifi

Teglar

YaIM

Baholaganlar

120

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing