Yadro quroli bor ekan, uning xavfi ham yo‘q bo‘lmaydi – Putin
Olam
−
27 Oktabr 2022
9615Yadro quroli mavujud ekan, undan foydalanish xavfi ham mavjudligicha qolaveradi. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin “Valday” xalqaro munozara klubining yalpi majlisida savollarga javob berar ekan, yadro urushi ehtimoli haqidagi savolga shunday javob berdi.
“Rossiya tomonidan yadro qurolidan foydalanish ehtimoli haqidagi tezisni kuchaytirish G‘arb tomonidan bizning do‘stlarimiz, ittifoqchilarimizga ta’sir o‘tkazish uchun qo‘llaniladi. Va Kiyev rejimi rahbariyati doimiy ravishda yadro quroliga ega bo‘lish istagi haqida gapiradi. Hozir Zaporoje AES (ZAES)da nima qilayotganimiz haqida doimiy ravishda gap ketmoqda, ular doimo biz uni o‘qqa tutayotganimizga ishora qilmoqdalar, lekin biz uni nazorat qilamiz, bizning qo‘shinlarimiz u yerda. Ammo ZAESda Xalqaro atom energiyasi agentligi vakillari bor. Ular yaqin joyda emas, ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri stansiya hududida yashaydilar, hamma narsani o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishadi, kim o‘q uzayotganini ham. Lekin ular bu haqda jim turishadi”, deydi Putin.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning "iflos bomba" haqidagi ma’lumotlari Rossiya tomonidan biron bir sababga ko‘ra ommaga oshkor qilingan. Rossiya hatto qayerda amalga oshirilishini biladi.
“Xalqaro atom energiyasi agentligi Ukrainaning yadroviy inshootlarini tekshirish uchun kelmoqchi. Biz bunga tayyormiz! Va buni imkon qadar tezroq qilish kerak, chunki biz bilamizki, Kiyev rasmiylari bu tayyorgarlik izlarini yashirish uchun hamma narsani qilmoqda”, deydi Putin.
Uning urg‘ulashicha, Rossiyaga Ukrainada yadroviy zarba kerak emas, bunda na siyosiy, na harbiy ma’no bor.
Putinning aytishicha, u shaxsan Sergey Shoyguga xorijlik mavqedoshlariga qo‘ng‘iroq qilib, Kiyevning “iflos bomba” yordamida provokatsiya tayyorlashini muhokama qilishni topshirgan. Shu bilan birga, u yadro quroliga ega bo‘lmagan davlatga qarshi yadro qurolini qo‘llagan dunyodagi yagona davlat AQSH ekanini eslatdi.
Prezident Rossiya muloqotdan bosh tortmasligini ta’kidlab, o‘tgan yilning dekabr oyida Rossiya Federatsiyasi AQSHni strategik barqarorlik haqida gaplashishni davom ettirishga taklif qilgani, ammo javob olmaganini eslatib o‘tdi.
LiveBarchasi