Yadro fizikasi instituti faoliyatining asosiy yo‘nalishlari belgilandi

Jamiyat

image

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Yadro fizikasi instituti ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzolagani haqida xabar bergan edik. 

Qaror bilan yadro fanlari va texnologiyalarini rivojlantirish, ushbu yo‘nalishda ilmiy tadqiqotlarni olib borish tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida Yadro fizikasi instituti faoliyatining asosiy yo‘nalishlari belgilandi. 

Jumladan, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim instituti faoliyati samaradorligini ta’minlash, yuqori malakali kadrlar tayyorlash va iqtidorli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash  institut faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biridir.

Qaror bilan Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha maqsadli dastur hamda 2020-2024 yillarga mo‘ljallangan ilmiy-tadqiqot ishlari dasturi tasdiqlandi.

2020 yilning 1 yanvaridan boshlab: 
•    Institut xodimlari mehnatiga haq to‘lash, bino va inshootlarini saqlash xarajatlarini moliyalashtirish, shuningdek, joriy xarajatlarini qoplash Davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi; 
•    Institutda ilmiy-texnik dasturlar doirasidagi fundamental tadqiqotlarning amalga oshirilishi to‘xtatiladi va bo‘shagan byudjet mablag‘lari Institutni saqlash xarajatlarining moliyalashtirilishiga yo‘naltiriladi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Prezident qarori Yadro fizikasi instituti

Baholaganlar

9

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing