Yahyo Sinvarning ukasi HAMASning G‘azo sektoridagi rahbari bo‘ldi
Olam
−
13 yanvar
2706Falastinning HAMAS harakatining harbiy qanoti – Izz ad-Din al-Kassam brigadasi rahbari Muhammad Sinvar HAMASning G‘azo sektoridagi yangi yetakchisiga aylandi. Bu haqda “The Wall Street Journal” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Muhammad Sinvar 2024 yil oktyabr oyida vafot etgan HAMAS yetakchisi Yahyo Sinvarning ukasi hisoblanadi.
Qayd etilishicha, HAMASning Qatardagi siyosiy idorasi jamoaviy rahbarlikka o‘tishga qaror qilgan bo‘lsada, anklavdagi guruh askarlari bunga bo‘ysunmay, “mustaqil harakat qilishga” qaror qilgan.
Muhammad Sinvar taxminan 50 yoshda. U yoshligida HAMASga qo‘shilgan va o‘tgan avgust oyida o‘ldirilgan harakatning qurolli qanoti rahbari Muhammad Deifga ham yaqin bo‘lgan. Katta akasidan farqli o‘laroq, Muhammad Sinvar Isroil qamoqxonasiga tushmagan.
“Bu esa Isroil armiyasi uchun anchagina ziddiyatlar keltirib chiqaradi”, deyiladi nashr xabarida.
Ko‘p yillar sahna ortida qolgani uchun u “Soya” laqabini olgan.
Gazeta manbalarining aytishicha, Muhammad Sinvar Isroil bilan kelishuv doirasida HAMAS resurslarini tiklash, harakatning G‘azo sektoridagi pozitsiyasini mustahkamlash va anklavda uzoq muddatli tinchlikka erishishga intiladi.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yilning 16 oktyabr kuni Isroil tomoni HAMAS siyosiy byurosi rahbari Yahyo Sinvarni G‘azo sektoriga uyushtirilgan zarbada o‘ldirilgan edi. SAXAL bayonotida aytilishicha, G‘azo sektoriga berilgan zarbada 3 nafar HAMAS a’zosi yo‘q qilingan.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar
Dollar kursi pastladi.
14 yanvar