YHXBB Toshkentdagi hodisa bo‘yicha ma’lumot berdi

Jamiyat

image

Avvalroq, Toshkent shahri Chilonzor tumanida yuk mashinasi konteyneri ko‘prikka tegib, yo‘lga tushib qolgani haqida xabar bergan edik. YHXBB mazkur holat bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, kecha, 25 may kuni soat 11:00 larda haydovchi S.M. “Kamaz 54112” rusumli yuk tashuvchi transport vositasini Chilonzor tumani, Seul ko‘chasi bo‘ylab Furqat ko‘chasidan Bunyodkor ko‘chasi tomon boshqarib ketayotgan bo‘lgan. 

S.M. yerusti metro yo‘li o‘tgan ko‘prikka yetgan vaqtida 3.13. “Cheklangan balandlik” taqiqlovchi yo‘l belgisi (yuqori cheklangan balandlik 3,5 m) o‘rnatilganligiga qaramasdan, transport vositasi yuki bilan birga balandligi 4 m 40 sm bo‘lsada ko‘prik ostidan harakatni davom ettirishi natijasida, tirkamasi ustida bo‘lgan konteyner (bo‘sh) ko‘prikka tegib yerga tushgan.

Natijada tan jarohati olganlar yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent YHXBB konteyner

Baholaganlar

336

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing