XXI asrning eng yaxshi yarim himoyachilari reytingi e’lon qilindi
Sport
−
07 fevral 1315 1 daqiqa
Fransiyaning “Canal+” nashri o‘z talqini bo‘yicha XXI asrning eng yaxshi 15 nafar yarim himoyachisi reytingini e’lon qildi. Unda Zinedin Zidan asrning eng yaxshi yarim himoya o‘yinchisi deb topilgan.
Manbaga ko‘ra, ushbu ro‘yxatda Fransiya terma jamoasi hamda “Real Madrid” sobiq futbolchisi Zinedin Zidan yetakchilik qilmoqda. U zamonaviy futbol davrining eng kuchli yarim himoyachilaridan biri sifatida e’tirof etilgan.
Ro‘yxatda “Barselona” afsonasi ispaniyalik yarim himoyachi Andres Inestani ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Inestani klub va terma jamoadagi sherigi Xavi uchinchi pog‘onadan joy olgan. Shuningdek, Luka Modrich va Andrea Pirlo ham ushbu ro‘yxatda kuchli beshlikka kiritilgan.
XXI asrning eng yaxshi 15 yarim himoyachilari ro‘yxatidan yana quyidagi futbolchilar o‘rin olgan: Luish Figu, Kaka, Stiven Jerrard, Kevin de Bryuyne, Toni Kroos, Serdji Buskets, Devid Bekxem, Patrik Viyeyra, Frenk Lempard, Yaya Ture.
Qayd etish joiz, Zinedin Zidan 2001-2006 yillarda “Real Madrid” sharafini himoya qilgan va klub bilan bir marta Ispaniya chempionligi hamda bir marta Chempionlar ligasi bosh sovrinini qo‘lga kiritgan. 1998 yilda Fransiya terma jamoasi bilan jahon chempionligini qo‘lga kiritgan.