Eron-AQSH muammosi jiddiylashmoqda. Rasmiy Tehron muzokaralarni rad etdi
Olam
−
30 may 2019
7955Eronning oliy rahbari Ali Hamoniy rasmiy Tehron AQSH bilan hech qanday muzokaralar o‘tkazmasligini ma’lum qildi.
Oldinroq, Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy AQSH tomonidan sanksiyalar bekor qilinsa va Eronga nisbatan siyosiy bosimlar olib tashlansa Eron tomoni rasmiy Vashington bilan muzokaralar o‘tkazish haqida o‘ylab ko‘rishini aytgan edi.
Ammo, Ali Hamoniy Eron AQSHdan boshqa hukumatlar, jumladan, Yevropa davlatlari bilan muzokaralar o‘tkazishga qarshi emasligini bildirdi.
“Biz inqilobiy masalalarni muhokama qilmaymiz. Biz harbiy imkoniyatlar haqida ham gaplashmoqchi emasmiz”, deb aytib o‘tgan Eron oliy rahbari.
Ma’lumot uchun, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp Eron tomoni istasa muzokaralarga tayyorligini aytgandi.
LiveBarchasi