Xorijga chiqish taqiqini yechib berishni va’da qilgan bankir ushlandi

Olam

image

Andijonda tijorat bankining hududiy boshqarmasida ishlovchi bosh mutaxassis fuqaroning xorijga chiqishiga qo‘yilgan taqiqni yechib berish evaziga 5,5 million so‘m olayotgan vaqtida ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, departamentning Andijon viloyati boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbir davomida tijorat bankining Andijon hududiy boshqarmasi bosh mutaxassisi B.U. fuqaro A.A. ning bank krediti bo‘yicha qarzdorligi sabab Majburiy ijro byurosi tomonidan qo‘yilgan xorijga chiqish taqiqini yechib berishni va’da qilgani aniqlangan. U mazkur xizmat evaziga 5,5 mln so‘mni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan B.U.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazm viloyatining Urganch shahrida hokim yordamchisi fuqarodan pensiyasini ko‘paytirib berish evaziga 15 million so‘m olib, uning 14,9 million so‘mini qaytarib berayotgan vaqtida ushlangan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing