Fotogalereya: Yong‘indan keyingi Notr-Dam
Bu qiziq
−
17 aprel 2019
12892Oldinroq, joriy yilning 15 aprel kuni Parij shahrida joylashgan eng qadimiy binolardan biri Notr-Dam ibodatxonasining yonib ketganligi haqida xabar bergan edik.
Deyarli 15 soat davom etgan yong‘in bartaraf etilgach, tezda ibodatxonani qaytadan tamirlash ishlari boshlab yuborildi.
Yong‘in vaqtida ibodatxona hududiga tashrif buyurgan Fratsiya Prezidenti Emmanuel Makron tez kunda soborning qayta tiklanishiga vada berib, bunga hukumatning mablag‘ ajratishini va xorijda ham bu uchun mablag‘lar yig‘ilishini ma’lum qilgan edi.
Fransiya rasmiylari, tadbirkorlar, jamoat tashkilotlari va tarixiy obidalarni himoya qiluvchi tashkilotlar soborni tiklash uchun mablag‘ to‘plashga kirishdilar. Pul yig‘ish ishlari uchun maxsus jamg‘arma tashkil etildi.
Seshanba kuni jamg‘arma bo‘lim boshlig‘i Frank Riyester soborni qayta tiklash uchun xayr-ehson qilish mumkin bo‘lgan internet-portal ishga tushirilganini ma’lum qildi. Ayni paytga kelib yig‘ilgan umumiy mablag‘ 1 mlrd yevrodan ortib ketgan.
Ma’lumot uchun, Notr-Dam ibodatxonasi Parij shahridagi ko‘plab odamlar tashrif buyuradigan maskanlardan biri edi. Garchi soborning katta qismi yonib ketgan va atrof to‘la o‘rab olingan bo‘lsada, ibodatxonaning hozirgi holatiga qiziqib, uni tomosha qilish uchun minglab odamlar tashrif buyurmoqda.
Hozir etiboringizga ibodatxonaning yong‘indan keyingi holatlari tushirilgan rasmlarni havola etamiz.
LiveBarchasi