Parijda dahshatli yong‘in!

Olam

image

Fransiya poytaxti Parijning ramzlaridan biri bo‘lgan Notr-Dam nomli katolik cherkovida bugun, 15 aprel kuni yong‘in chiqdi. Mahalliy OAVning tarqatgan xabariga qaraganda, yong‘in shaharning eng mahobatli binosida soat 18:50 da boshlangan.

Yong‘in chiqqan zahotiyoq bino va uning atrofidagilar evakuatsiya qilingan. OAVning ma’lum qilishicha, yong‘in oqibatida cherkov tomi qulab tushgan. Shuningdek, binoning yuqori qismidagi bezaklar, qolaversa, soat ham qulagan.

Hozircha yong‘in kelib chiqishi sabablari ma’lum emas. Fransiya yong‘in departamentidan xabar qilishlaricha, yong‘inga cherkovda olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari sabab bo‘lgan.

Parij shahar meri Ann Idalgo ushbu hodisa yuzasidan Twitter’da chiqish qilib, uning dahshatli voqea ekanini aytdi va odamlarni o‘rab olingan hududlardan ichkariga kirmaslikka chaqirdi.

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron barcha rejalarini bekor qilib, yong‘in sodir bo‘lgan hududda otlangan.

Prezident Donald Tramp ham quruq qolmay, Twitter’da chiqish qildi. U "Notr-Damdagi ulkan alangaga qarash juda dahshatli", deya post qoldirdi va o‘t o‘chiruvchilarga tezroq harakatlanishlarini, qolaversa, yong‘inni o‘chirishda aviatsiyadan foydalanishlarini maslahat berdi.

Ma’lumot o‘rnida, mazkur obida XII-XIV asarlarga oid bo‘lib, u yevropaning eng ko‘p sayyohlar tashrif buyuradigan maskani sanaladi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Parij Notr-Dam

Baholaganlar

74

Reyting

3.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing