Xiaomi besh “ko‘zli” smartfonlarini namoyish qildi
Texnologiya
−
09 noyabr 2019
6219Xitoyning Xiaomi kompaniyasi Yevropada Mi Note 10 va Mi Note 10 Pro gadjetlarini namoyish qildi. Bu haqda kompaniya blogida xabar berildi.
Mi Note 10 va Mi Note 10 Pro bir-biridan keskin farqlanmaydi. Ularning asosiy farqi birida yetti plastikli linza, ikkinchisida sakkiz plastikli linza ob’ektivlari o‘rnatilgan.
108 megapikselli kamera F/1,69 diafragmali ob’ektiv, S5KHMX datchigi bilan “qurollantirilgan”. Portret shaklida tasvirga olish moduli 12 Mp, makro-modul 2 Mp va ultrakeng burchakli modul 20 Mp, shuningdek, teleofotomodul 5 Mp bo‘lib, 10 karra kattalashtiruvchi gibrid optik zumga ega. Smartfonning old kamerasi 32 Mp.
Smartfonga 6,47 dyuymli giperbolik OLED ekran o‘rnatilgan bo‘lib, yon tomonlari qayrilma shaklda. Barmoq izining optik skaneri displey ostiga o‘rnatilgan. Smartfonning operativ xotirasi 6 Gb, uning samaradorligiga 8 nanometrli Qualcomm Snapdragon 730G protsessori javob beradi.
Yevropada Xiaomi Mi Note 10 549 yevrodan, “akasi”ning 8/256 Gb xotirali varianti 100 yevro qimmatroqdan sotiladi.