RSHTYOIM Samarqand filiali karantinga yopildi
Jamiyat
−
21 may 2020
7583Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filialida davolanayotgan bemorlar va tibbiyot xodimlaridan COVID- 19 infeksiyasi aniqlanganligi sababli markazning faoliyati 2020 yilning 19 may kunidan boshlab vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Samarqand viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi ma’lum qildi.
Shu munosabat bilan filialda dezinfeksiya va yuvish ishlarini amalga oshirish uchun hozirgi kunga qadar mazkur markazda davolanayotgan 67 nafar bemorlar Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy amaliy tibbiy markazi Samarqand filialiga o‘tkazildi.
Shuningdek, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filiali faoliyati qayta yo‘lga qo‘yguniga qadar viloyat aholisiga quyidagi shifoxonalarda vaqtincha shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatiladi:
• Travmatologik va neyroxirurgik (reanimatsiyasi bilan) tibbiy xizmatlar - Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy amaliy tibbiy markazi Samarqand filialida;
• Xirurgiya, urologiya, ginekologiya, LOR, pediatriya, terapiya va reanimatsiya xizmati - SamMI 2-klinikasida;
• Kombustiologiya (kuyish) tibbiy xizmati - Samarqand shahar tibbiyot birlashmasida;
• Toksikologiya va EKD xizmati - Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida.
Bundan tashqari, viloyat kardiologiya dispanseri, viloyat nogironlarni reablitatsiya qilish va protezlash markazi hamda viloyat ko‘z kasalliklari shifoxonasidan shahar aholisi orasida koronavirus infeksiyasini yuqtirgan bemorlar bilan birlamchi kontaktda bo‘lgan fuqarolarni karantinda saqlash uchun foydalaniladi.
LiveBarchasi