Internetni “portlatgan” Ortiqxo‘jayev, Rossiyaga qaytgan Ravon, Karimov haqida kitob va boshqa xabarlar
Jamiyat
−
22 avgust 2019
7055Oxirlab borayotgan 22 avgustda O‘zbekiston va xalqaro maydonda ko‘plab muhim voqealar yuz berdi.
Mehnat migrantlariga uy beriladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va ularning oila a’zolarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish choralari to‘g‘risida” farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlariga 2020 yilda ko‘p kvartirali uylardan respublika bo‘yicha jami 3 ming 462 ta xonadon ajratiladi.
O‘zbekiston Rossiyadan avtomobillar import qilish bo‘yicha birinchilikka chiqdi
Shu yilning birinchi yarim yilligida O‘zbekiston Rossiyadan yengil avtomobillar import qiluvchi davlatlar orasida birinchi o‘rinni egalladi.
2019 yilning 1-yarim yilligida Rossiyadan 19,5 ming dona avtomobil xorijga eksport qilingan bo‘lib, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 37 foizga ko‘pdir. Ushbu hajmning qariyb 70 foizi to‘rtta davlat hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu yil yetakchilik O‘zbekistonga tegishli bo‘lib, ushbu mamlakatga 6 oy ichida 4,3 ming donaga yaqin Rossiya avtomobillari olib kelingan.
Prezident Markaziy bank rahbarini tanqid qildi
Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Markaziy bank rahbarini bankomatlar ishidagi uzilishlar uchun tanqid qilib, banklar yetarli moliyaviy resurslarga ega ekanini aytdi.
Ravon Rossiya bozoriga qaytdi
Ravon rusumidagi avtomobillarni Rossiyaga yetkazib beruvchi rasmiy distribyuter – “UzAuto Motors SNG” ushbu mamlakatga UzAuto Motors (sobiq GM Uzbekistan) mahsulotlarini yetkazib berish yangilanganini ma’lum qildi. Hozirda Rossiya bozoridan uchta model - Ravon R4, Ravon R2 va Ravon Nexia R3ʼni xarid qilish mumkin.
O‘zbekiston bozorlaridagi go‘sht narxi e’lon qilindi
Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan hududlardagi markaziy dehqon bozorlarida 2019 yil 20 avgust kuni o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ldi.
Mol go‘shti (laxm go‘shtidan tashqari) 32 ming so‘mdan 53 ming so‘mgacha (kg) Kuzatuv natijasiga ko‘ra, 1 kilogramm mol go‘shtining (suyaksiz go‘shtidan tashqari) minimal narxi Toshkent shahrining “Qo‘yliq dehqon bozori”da qayd etilgan. (32 ming so‘m) Mol go‘shtining maksimal narxlari esa Samarqand shahrining “Temiryo‘l dehqon bozori” va “Damariq dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori”da kuzatildi. (53 ming so‘m) Qo‘y go‘shti 33 ming so‘mdan 58 ming so‘mgacha (kg) Qo‘y go‘shtining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko‘ra Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”da 33 ming so‘mdan ro‘yxatga olingan.
Narpaydagi janjal bo‘yicha aka-ukalar qo‘lga olindi
Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyati Xatirchi tumanida qiz bolaga pichoq tiragan yigitlar ushlangani haqida xabarlar taqraldi.
O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi mazkur holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi. Unda qayd etilishicha, joriy yilning 14 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan o‘rganildi.
Internet Ortiqxo‘jayevning ovozidan “portladi” – Xohlasang xudoga bor!
Joriy yilning 16 avgust kuni o‘ndan ortiq mirobodlik shikoyatchi hokim Jahongir Ortiqxo‘jayev qabuliga borgan. Ular ikkita to‘qqiz qavatli uy oralig‘idagi bolalar maydonchasi o‘rnida savdo majmuasi qurish haqidagi avvalgi hokim qarorini bekor qilishni so‘rashgan. Bu shikoyatchilarning hokimga uchinchi murojaati bo‘lgan.
2018 yil oktyabrida fuqarolarga o‘zini ular tomonida ekanini ta’kidlagan Jahongir Ortiqxo‘jayev, 16 avgust kungi uchrashuvda, “to‘nini teskari kiyib”, ularga baqir-chaqir qilishga o‘tgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan audioyozuvlar bo‘yicha Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati rasmiy bayonot berdi.
DXRda Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
Donetskda o‘zini mustaqil deb, e’lon qilgan Donetsk xalq respublikasi (DXR) bayrog‘i emas, Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi. Rossiya Federatsiyasi bayrog‘i shahar markaziy maydonida joylashgan Xalq kengashi binosiga, Krups nomidagi kutubxona gumbaziga o‘rnatilgan.
Islom Karimov haqida yangi kitob chop etildi
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov haqidagi navbatdagi roman nashr etildi. Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi boshchiligida nashr etilgan asar “Olov tutgan odam” deb nomlangan. U yozuvchi Luqmon Bo‘rixon qalamiga mansub.
20 avgust kuni banklar qancha dollar sotgani ma’lum bo‘ldi
Xabaringiz bor, joriy yilning 20 avgustidan O‘zbekistonda tijorat banklari xorijiy valyutani naqd ko‘rinishda sota boshladi.
Naqd valyuta sota boshlangan 20 iyul kuni O‘zbekistondagi tijorat banklari deyarli 10 mln dollar sotgan. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Haqiqatda uxlab o‘tirgan senatorlar ham bo‘ldi – Norboyeva tan oldi (video)
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati yig‘ilishlarini onlayn tarzda xalqqa namoyish qilish rejalashtirilyapti. Bu haqda Senat raisi Tanzila Norboyeva OAV vakillari bilan uchrashuvda aytib o‘tdi, deb xabar berdi QALAMPIR.UZ muxbiri.
“Xalq ko‘p narsani bilmagani uchun ham senatorlar uxlab o‘tiribdi, degan fikr bo‘lishi mumkin. Haqiqatda uxlab o‘tirgan senatorlar ham bo‘ldi. Buni hammamiz ko‘rdik. Senatda ko‘rib chiqilgan masalalarni batafsil translyatsiya qilish masalasi rejamizda bor. Men ertaga bo‘ladigan yig‘ilishimizni xalqqa ko‘rsatishni aytgandim”, dedi Tanzila Norboyeva.
“Chorsu” olib qo‘yilgach, Ahmet Demir yana O‘zbekistonni tark etdi
Turkiyalik taniqli tadbirkor Ahmet Demir O‘zbekistonni tark etdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar bermoqda.
Ahmet Demir O‘zbekiston mustaqillikka erishganidayoq, 1992 yil mamlakatga kelib, investitsiya kiritgan xorijliklardan sanaladi. U o‘sha yili “Demir Holding” kompaniyasiga asos soldi va bu O‘zbekistondagi birinchi turk kompaniyalaridan edi.
Putin Finlyandiyada yevropaliklarga ochig‘ini aytdi
“Agar Yevropa Kengashi a’zolari Rossiyani tashkilotning bir qismi sifatida ko‘rishni istamasalar, unda Moskva buni amalga oshira olmaydi”, dedi Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Xelsinkida Finlyandiyadagi hamkasbi Sauli Niinistyo bilan uchrashuvdan keyin.
LiveBarchasi