O‘zbekistonda yoshlar koronavirusdan vafot etayotganining sababi aytildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda yoshlarning koronavirus infeksiyasidan vafot etishining asosiy sababi aytildi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov brifing vaqtida qator muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarayotganda aytib o‘tdi.

– Nega chet davlatdan fuqarolarimizni tinimsiz olib kelyapmiz? Bu ahvolda kasallikni to‘xtatish mumkinmi?

"Chet davlatlardan fuqarolar davlat rahbarining ko‘rsatmalariga muvofiq charter reyslari tashkil etilib olib kelinyapti. Ular darhol karantinga olinyapti va kasallik aniqlansa davolash choralari ko‘rilyapti", deydi Otabekov.

– Nega chet davlatlarda asosan katta yoshdagilar vafot etgan bo‘lsa, bizning yurtimizda yoshlar orasida ham o‘lim qayd etildi?

"Kasallikdan o‘lim holati asosan katta yoshdagilarda, jarrohlik amaliyotlaridan keyin, surunkali somatik kasalliklar bilan og‘rigan insonlarda (yurak kasalliklari, qandli diabet, buyrak kasalliklari, o‘pkaning surunkali kasalliklari) qayd etilmoqda. Yurtimizda o‘lim holati yoshlarda ham qayd etilishiga vafot etgan o‘sha yosh fuqarolarning tibbiy yordamga kechikib murojaat etganliklari sabab bo‘ldi", deydi Otabekov.

– Qanday kasalliklari mavjud bo‘lganda fuqarolarimizga chetdan yurtimizga kirib kelishiga ruxsat berilmaydi?

"O‘zbekiston fuqarolari har qanday yuqumli va parazitar kasalliklarga chalingan bo‘lmasin, o‘z yurtiga kirishga haqli", deydi Otabekov.

– O‘zbekistonda qachon ekspress usulda koronavirusga tekshirish yo‘lga qo‘yiladi?

"Ekspres testlarning aksariyati koronavirus kasalligi bilan kasallanib sog‘ayganlar qonida mazkur virusga qarshi antitelolar paydo bo‘lganligini, ularning titrini aniqlashga qaratilgan. Respublikamizdagi laboratoriya tashxisoti standartlarida ham ekspress usulda tekshirish mavjud. Yaqin kunlarda antitelolarni aniqlash maqsadida ekspress testlarda ham tekshirishlar boshlanishi mumkin", deydi Otabekov.

– Koronavirus kasalligi tasdiqlangan odamlar o‘rtacha nechchi kun davolanadi?

"Bu — kasallikning darajasiga, kechishiga va bemorning umumiy ahvoliga bog‘liq. O‘zbekistonda davolanib sog‘ayib shifoxonadan chiqib ketganlar o‘rtacha 25 kunni tashkil etdi", deydi Otabekov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Preziyedntining ko‘rsatmasiga muvofiq xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarini Vatanga olib kelish uchun 25 mayidan 7 iyun kunlari davomida 17 ta charter reys amalga oshirish belgilandi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

1180

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing