O‘zbekistonliklar 6 oyda Turkiyadan 167 ta ko‘chmas mulk sotib olgan
Jamiyat
−
28 avgust 2020
8185Joriy yilning birinyai yarim yilligida O‘zbekiston fuqarolari Turkiyadan 167 ta kuchmas mulk sotib olgan. Bu 2019 yilning xuddi shu davriga nisbatan 56 taga ko‘pdir. Bu haqda Trend axborot agentligi Turk kadastri va ko‘chmas mulkni sotib olish va sotish bo‘yicha davlat agentligiga asoslanib xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning birgina iyul oyida O‘zbekiston fuqarolari Turkiyada 42 ta ko‘chmas mulk ob’ektlarini sotib olganlar. Bu 2019 yil iyul oyiga nisbatan 25 ta ob’ektga ko‘pdir.
2020 yil iyul oyida Turkiyada 229,357 ming mulk sotildi, bu 2019 yilning shu davriga nisbatan 124,3 foizga ko‘pdir.
2020 yil iyul oyida Turkiyada xorijliklarga 2741 ta mulk sotilgan bo‘lib, bu 2019 yilning shu oyiga nisbatan 34,6 foizga kamdir.
LiveBarchasi