WhatsApp, Instagram va Facebook'da global uzilish yuz berdi

Texnologiya

image

Meta platformalari – WhatsApp, Instagram va Facebook foydalanuvchilari butun dunyo bo‘ylab messenjer va ijtimoiy tarmoqlarda uzilishlarga duch kelishdi. Bu haqda Downdetector xizmati ma’lum qildi.

Ushbu nosozlik butun dunyo bo‘ylab tarmoqqa kirishni nazorat qiluvchi NetBlocks tashkiloti tomonidan tasdiqlandi. WhatsApp ustidan shikoyat qilgan foydalanuvchilarning aksariyati dasturni ocha olmaganini ma’lum qilgan. Messenjerning veb-versiyasiga kirish va xabarlarni qabul qilishda muammolar borligi aytilgan.

Instagram va Facebook foydalanuvchilari ham asosan ilovalarni yuklashdagi muammolardan shikoyat qildi. Meta hali ilovalardagi nosozliklar haqidagi xabarlarga izoh bermadi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Telegram teraktlarga chaqiruvchi xabarlarning oldini olish choralarini boshlagandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Facebook WhatsApp Instagram

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing