WBO'ga yangi prezident tayinlandi

Sport

image

Butunjahon boks tashkilotining (WBO) 76 yoshli rahbari Fransisko Valkarsel tashkilotning 37 yillik kongressida o‘z xohishi bilan prezidentlikdan ketdi. Bu haqda WBO matbuot xizmati xabar berdi. 

Tashkilotga prezident sifatida yurist, Gustavo Oliveri tayinlandi va Valkarsel 30 yillik faoliyati yakunlandi. Oliveridan tashqari Migel Anxel Kotto, Oskar De La Xoyya, Xuan Manuel Lopes va Nasim Hamid kabi afsonaviy charm qo‘lqop ustalari prezidentlikka o‘z nomzodini ilgari surdi. 

1996 yildan beri tashkilot prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘yib kelayotgan Valkarsel bu safar ham tashkilot rahbari etib tayinlanishi kutilgandi, biroq u o‘z nomzodini oxirgi sakkiz yil davomida WBO advokati bo‘lib faoliyat yuritgan Oliveriga bo‘shatdi.

Ma’lumot uchun, WBO'ga 1988 yilda asos solingan. WBO professional boksning eng muhim to‘rt tashkilotidan biri hisoblanib, tashkilot bosh binosi Puerto-Rikoning San-Xuan shahrida joylashgan.


Maqola muallifi

Teglar

Butunjahon boks tashkiloti Fransisko Val'karsel Gustavo Oliv'eri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing