WBA yangilangan reytingida o‘zbek bokschilari qaysi pog‘onada?

Sport

image

Butunjahon boks assotsiatsiyasining (WBA) oktyabr oyi yakuniga ko‘ra yangilangan reytingi e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, yarim yengil vaznda (-55,3 kg) WBA chempionlik kamari sohibi Murodjon Ahmadaliyev mazkur yo‘nalishda reytingning eng yuqori pog‘onasida bormoqda. U shuningdek, IBF yo‘nalishida ham chempion hisoblanadi.

Birinchi o‘rta vazn toifasida (69,8 kg) mag‘lubiyatsiz odimlayotgan Isroil Madrimov o‘tgan oydagi kabi 2-o‘rinni egallab turibdi. Agar Madrimov yana bir jangda g‘alaba qozonsa, birinchi o‘ringa ko‘tarilib oladi.

Super yengil vazn toifasida (-63,5 kg) ringga ko‘tariluvchi Shahram G‘iyosov 7-o‘rindan joy olgan bo‘lsa, Shohjahon Ergashev to‘qqizinchi pog‘onada qayd etilgan. 

Birinchi o‘ta yengil vazn toifasidagi (-48,9 kg) Hasanboy Do‘smatov esa o‘tgan oydagi kabi 4-o‘rinni egallab turibdi. O‘zbekistonlik bokschilar orasida boshqa hech kim reytingga kiritilmagan. 

Eslatib o‘tamiz, WBA tashkiloti tomonidan Isroil Madrimov ishtirokidagi jang uchun joriy yilning 20 sentyabr kuniga qadar ochiq promouterlik auksioni e’lon qilingan edi. Madrimov  (7-0, 5 KO) va Mishel Soro (35-2-1, 24 KO) jangi g‘olibi WBA Super, IBF, WBC yo‘nalishlari chempioni Jermell Charloga qarshi jang uchun majburiy da’vogarga aylanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Madrimov Murodjon Ahmadaliev Hasanboy Do'smatov WBA Prof boks

Baholaganlar

1244

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing