WBA Isroil Madrimovning navbatdagi jangini tasdiqladi
Sport
−
11 Sentabr 2021 6679 1 daqiqa
WBA tashkiloti professional boksning yarim o‘rta vazn toifasida (-69,8 kg) o‘zbekistonlik Isroil Madrimov (7-0, 5 KO) va fransiyalik Mishel Soro (35-2-1, 24 KO) jangini tasdiqladi.
Eliminator (majburiy da’vogar) maqomi uchun kechadigan bellashuv uchun WBA tashkiloti tomonidan joriy yilning 20 sentyabr kuniga qadar ochiq promouterlik auksioni e’lon qilingan. Madrimov – Soro jangi g‘olibi WBA Super, IBF, WBC yo‘nalishlari chempioni Jermell Charloga qarshi jang uchun majburiy da’vogarga aylanadi.
WBA tashkiloti qo‘shimcha chempionlik kamarlaridan voz kechganidan so‘ng, Mishel Soro ham boshqa barcha WBA Gold chempionlari kabi, reytingga qaytdi va birinchi o‘ringa joylashdi, Isroil Madrimov ikkinchi o‘rinda qayd etildi.
Eslatib o‘tamiz, IBF yo‘nalishida Bahram Murtazaliyev, WBC’da esa Erikson Lubin majburiy da’vogar hisoblanadi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025