Walt Disney 10 mln dollar jarimaga tortildi
Olam
−
31 dekabr 2025 1170 2 daqiqa
Walt Disney bolalar maxfiyligini himoya qilish qonunlarini buzganlikda ayblanib, 10 million dollar miqdorida jarimaga tortildi. Bu haqda kecha, 30 dekabr kuni AQSH Adliya vazirligiga tayanib, “The New York Post” xabar berdi.
Nashrning yozishicha, Disney Worldwide Services Inc. va Disney Entertainment Operations LLC kompaniyalari bilan bog‘liq ish bo‘yicha federal sud qarori Disney’ga YouTube’da bolalarning onlayn maxfiyligini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunni buzadigan usulda faoliyat yuritishni taqiqlaydi.
Qarorga ko‘ra, Disney’dan kelajakda YouTube’da bolalar maxfiyligini himoya qilish qonuniga rioya etilishini ta’minlaydigan maxsus dastur ishlab chiqish talab qilingan. Qayd etilishicha, ushbu qonun 13 yoshgacha bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan veb-saytlar, ilovalar va boshqa onlayn xizmatlardan ota-onalarni qanday shaxsiy ma’lumotlar to‘planayotgani haqida xabardor qilishni hamda bunday ma’lumotlarni yig‘ish uchun ota-onalarning tasdiqlangan roziligini olishni talab etadi.
“AQSH Adliya vazirligi ota-onalar farzandlari haqidagi ma’lumotlarni yig‘ish va ulardan foydalanish masalasida o‘z fikrini bildirish huquqiga ega bo‘lishini ta’minlashga qat’iy sodiqdir”, deydi bosh prokuror yordamchisi Brett Shumeyt.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq OpenAI Walt Disney bilan uch yillik litsenziya shartnomasini imzolagandi. Endi ChatGPT Images va Sora foydalanuvchilari Disney, Marvel, Pixar va Star Wars olamiga mansub 200 dan ortiq personajlardan tasvirlar va videoroliklar yaratishda foydalanishi mumkin bo‘ladi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025