Vuchich Xorvatiya va Albaniya hujumga tayyorlanayotganini aytdi

Olam

image

Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Xorvatiya, Albaniya va o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Kosovo Respublikasi uning mamlakatiga hujum qilishga tayyorgarlik ko‘rayotganini ma’lum qildi. Bu haqda u ushbu tomonlar o‘rtasida 2025 yil 18 mart kuni Tiranada imzolangan mudofaa sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi uch tomonlama deklaratsiyaga tayanib, RTS telekanaliga bergan intervyusida so‘z ochdi. 

Vuchichning so‘zlariga ko‘ra, ushbu hujjat harbiy aloqalarni mustahkamlash va Serbiyaga qarshi ittifoq tuzishga qaratilgan.

“Ular bizga hujum qilish uchun ittifoq tuzmoqdalar. Ular Rossiya va Yevropa o‘rtasidagi mojaroning kuchayishini hamda Yaqin Sharqda kattaroq urush boshlanadigan paytni kutishmoqda. Ular butun dunyodagi betartiblik bunga imkon beradigan vaqtni poylashyapti”, deydi Serbiya prezidenti.

Vuchich, shuningdek, Zagreb so‘nggi bir yarim yil davomida “Serbiyaga putur yetkazishga va uning ichki ishlariga aralashishga urinayotganini” qo‘shimcha qilgan.

Mudofaa salohiyati haqida gapirar ekan, davlat rahbari Serbiyaning ixtiyorida 400 kilometrgacha masofaga uchuvchi Xitoyning gipertovushli “havo-yer” toifasidagi raketalari borligini va ularni eng ilg‘or qurol tizimlaridan biri ekanini aytgan. Shu bilan birga, u Belgrad harbiy neytrallik siyosatini saqlab qolgan holda NATO bilan yaxshi munosabatda ekanini ta’kidlagan.

Vuchich joriy yilning 7 mart kuni milliy rivojlanish strategiyasini taqdim etar ekan dunyoda yangi va jiddiyroq harbiy mojarolar muqarrar ekanidan ogohlantirgan. 2025 yil oktabr oyida esa u: "Hamma urushga tayyorlanyapti va gap faqat kim qaysi tomonda ekanligida”, deya qayd etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Aleksandr Vuchich “Pink” telekanali efirida Yevropadagi barcha davlatlar Rossiya bilan ehtimoliy urushga tayyorlanayotganini aytgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Aleksandr Vuchich Xorvatiya Serbiya Albaniya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing