Voyaga yetmaganlarga mashinasini ijaraga bergan kirakash javobgarlikka tortildi
3-sahifa
−
25 mart 2023
5570Andijon viloyati Andijon shahrida 8-sinf o‘quvchilariga mashinasini ijaraga bergan shaxs javobgarlikka tortildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi jamoat xavfsizlik xizmati yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlariga Andijon shahri 17-umumta’lim maktabidan murojaat kelib tushgan. Unda o‘quvchilarning qoidabuzarlik sodir etgani haqida xabar berilgan.
Keltirilishicha, andijonlik erkak o‘ziga tegishli bo‘lgan Matiz’ni uch nafar 8-sinf o‘quvchilariga soatiga 60 ming so‘mdan ikki soatga shahar bo‘ylab harakatlanish uchun bergan.
“Mashinam uyda bekor turgandi. Kunduzi bilan kira qildim, kechki payt mashina gaziga pul chiqib qolar degandim. Ularda biror muammo chiqib qolsa, o‘zlari hal qilishi haqida kelishdik. Yonida o‘tirib, haydashni eplay olgani uchun berdim”, degan mashina egasi.
Holat bo‘yicha avtomobil egasiga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzilib, uning avtomashinasi jarima maydoniga qo‘yilgan.
LiveBarchasi