Voronejning bir qismida favqulodda holat e’lon qilindi
Olam
−
24 avgust
8206Rossiyaning Ukraina bilan chegaradosh Voronej viloyatining bir qismida dron hujumidan so‘ng favqulodda holat e’lon qilindi. Bu haqda gubernator Aleksandr Gusev ma’lum qildi.
"Ostrogojskiy tumanidagi yong‘in va portlovchi moddalarning portlashi oqibatlarini bartaraf etish uchun uchta aholi punkti hududida favqulodda holat joriy etildi. Bir qishloq va bir bog‘bonlar shirkatida – jami 200 ga yaqin odam evakuatsiya qilindi. Favqulodda boshpana tashkil etildi”, deydi gubernator.
Gusevga ko‘ra, Ostrogojskiy tumanidagi qishloqda elektr uzatish liniyasining shikastlanishi sababli elektr ta’minotidagi uzilishlar yuz berishi mumkin. Energetika sohasi mutaxassislari operativ xizmatlardan ruxsat olganidan keyin oqibatlarni bartaraf etishga kirishadi.
Qayd etilishicha, tungi dron hujumidan keyin ikki ayol yaralangan, ulardan biri og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Belgorodda federal favqulodda holat rejimi joriy etilgan edi.
LiveBarchasi