Voronejda dron hujumi tufayli favqulodda holat joriy etildi
Olam
−
07 iyul 2024
9770Rossiyaning Voronej viloyatidagi Podgorenskiy tumani aholi punkti hududida Ukraina Qurolli kuchlariga qarashli uchuvchisiz uchoq hujumidan keyin favqulodda holat joriy etildi. Bu haqda viloyat gubernatori Aleksandr Gusev ma’lum qildi.
Dron hujumi bugun, 7 iyulga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan. Hodisa oqibatida omborxonada yong‘in sodir bo‘lgan.
“Tunda Ukraina droni bilan hodisa yuz bergan Podgorenskiy tumani qishlog‘i chegaralarida favqulodda holat joriy etildi. Portlovchi ob’ektlarni portlatish davom etmoqda. Portlashlardan biri oqibatida turarjoy binosining yordamchi binosi yonib ketdi. Yong‘in allaqachon o‘chirilgan. Qurbonlar yo‘q”, deb yozadi viloyat rahbari.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya 6 iyulga o‘tar kechasi Shahed dronlari bilan Ukrainaning Sumi viloyatidagi energetika infratuzilmasi ob’ektlariga zarbalar bergandi.
LiveBarchasi