Volgogradda ham migrantlarga turli sohalarda ishlash taqiqlanmoqda
Olam
−
14 dekabr 2024 4389 1 daqiqa
Rossiyaning Volgograd viloyatida migrantlarga ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalarda ishlash taqiqlandi. Bu haqda kecha, 13 dekabr kuni viloyat gubernatori Andrey Bocharov tomonidan imzolangan qarorda so‘z boradi.
Yangi tartibga ko‘ra, endi migrantlar avtobus va taksi boshqarish, savdo-sotiq, ovchilik, avtomobil ta’miri va kurerlik sohalarida ham ishlolmaydi.
“Ushbu cheklovlar 2025 yilning yanvar oyidan kuchga kiradi”, deyiladi xabarda.
Bocharovning ta’kidlashicha, bu chora-tadbirlar mahalliy aholining raqobatbardoshligini oshirish va mehnatga yaroqli yoshlarni mintaqada saqlashga yordam beradi. Shuningdek, u yuqori malakali xorijiy ishchilarni jalb qilishga alohida e’tibor qaratmoqchi, ularning ish joylari kompaniya talablariga va mehnat vizasiga asoslanib tashkil etiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Krasnodar o‘lkasida 2025 yildan boshlab xorijiy ishchi kuchi to‘liq taqiqlanishi haqida xabar berilgandi. Mintaqa gubernatori kadrlar taqchilligini bartaraf etish maqsadida ish beruvchilarga talabalar bilan hamkorlik qilishni taklif qilgan.
Live
Barchasi