Voleybol: O‘zbekiston 12 yillik tanaffusdan so‘ng Osiyo chempionatida ishtirok etadi

Sport

image

Bugun, 7 sentyabr kuni voleybol bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Yaponiyaning Chiba shahrida o‘tkaziladigan Osiyo chempionatida qatnashish uchun jo‘nab ketdi. Delegatsiya vakillari kunchiqar yurtga Turkiya orqali yetib boradi.

Terma jamoa tarkibidan 11 nafar sportchi, 2 nafar murabbiy hamda shifokor o‘rin olgan. Ularga O‘zbekiston voleybol federatsiyasi bosh kotibi Xusan Nasrullayev rahbarlik qilmoqda.

Osiyo chempionatida 16 ta jamoa 4 guruhga bo‘lingan holda bahslarga kirishadi. O‘zbekistonlik voleybolchilar esa “S” guruhida Avstraliya, Xitoy hamda Quvayt terma jamoalari bilan kuch sinashadi. O‘z guruhlarida dastlabki ikki o‘rinni egallagan terma jamoalar pley-off bosqichida medallar uchun kurashni davom ettirsa, qolgan jamoalar 9 va 16-o‘rin uchun kurashadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston voleybol terma jamoasi so‘nggi marotaba bundan 12 yil muqaddam qit’a chempionatida ishtirok etgan. Keyinchalik turli sabablarga ko‘ra, na erkaklar, na ayollar terma jamoalari Osiyo chempionatiga yo‘llanma olmadi. Buning natijasida Osiyo voleybol konfederatsiyasi O‘zbekiston voleybol federatsiyasini qit’a miqyosidagi har qanday musobaqada ishtirok etishini taqiqlab qo‘ygan hamda moliyaviy jarimaga tortgandi. Federatsiyaning yangi rahbariyati ushbu muammolarni bartaraf etdi. 

Ma’lumot uchun, voleybol bo‘yicha erkaklar o‘rtasida Osiyo chempionati joriy yilning 12-19 sentyabr kunlari o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Osiyo chempionati Voleybol

Baholaganlar

98

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing