Vokzal va stansiyalar nomlari o‘zbekchalashtiriladi

Jamiyat

image

“O‘zbekiston temiryo‘llari”ga qarashli vokzallar, stansiyalar, raz’ezdlar nomlari davlat tili qoida va me’yorlariga muvofiqlashtiriladi. Bu haqda hukumatning 17 oktyabrdagi “O‘zbekiston temiryo‘llari” AJga qarashli temiryo‘l vokzali, temiryo‘l stansiyasi va temiryo‘l razezdi nomlarini davlat tili qoida va me’yorlariga muvofiqlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarorida so‘z boradi.

Unga ko‘ra, Transport vazirligi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” 3 oy muddatda temiryo‘l vokzallari, temiryo‘l stansiyalari va temiryo‘l raz’ezdlarida o‘rnatilgan peshlavhalar va axborot ko‘rsatkichlaridagi yozuvlarning davlat tili qoida va me’yorlariga muvofiq lotin yozuviga asoslangan o‘zbek yozuvida yozilishini ta’minlashi lozim.

Nomlarning davlat tili qoida va me’yorlariga muvofiqlashtirilishi munosabati bilan tegishli hujjatlar hamda ma’lumotlar bazalariga o‘zgartirishlar kiritiladi.

Hujjat bilan nomi davlat tili qoidalariga moslashtiriladigan vokzallar, stansiyalar, raz’ezdlar ro‘yxati keltirilgan bo‘lib, unga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi jami 320 ta vokzal, stansiya va raz’ezdlar kiritilgan.

Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov va Transport vaziri Ilhom Mahkamov zimmasiga yuklatilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq tirbandliklarni kamaytirish maqsadida Toshkent shahrining kirish va chiqish qismlariga o‘rnatilgan postlar ko‘chirilishi ma’lum qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Vokzal stantsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing