Toshkentda 11 yashar bolani 27 ming kuchlanishli tok urdi
3-sahifa
−
29 dekabr 2022
10776Toshkentda 11 yashar bolani poyezd vagoni ustida tok urdi, bola 80% foiz kuyish jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda “Millar” informatsion dasturida xabar berildi.
Gap shundaki, joriy yilning 18 dekabr kuni poytaxt Toshkentning Mirzo-Ulug‘bek tumani hududidan o‘tgan temir yo‘l yonida joylashgan ko‘p qavatli uyga mehmonga kelgan 11 yashar bola Nurhayot temir yo‘l bekatidagi yuk vagoni ustiga chiqqan. Shu vaqt 27 ming kuchlanishli elektr toki urishi oqibatida yerga yuz qismi bilan yiqilib, og‘ir tan jarohati olgan.
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo‘lim mudiri Sobir Shukurovga ko‘ra, bola tananing 80% qismi kuyish jarohati bilan jarohatlangan va uning hozirgi holati stabil og‘ir, deya baholanmoqda.
LiveBarchasi