Ikki viloyatda quyosh elektr stansiyalarini quradigan investorlar aniqlandi

Jamiyat

image

Bugun, 20 may kuni Samarqand va Jizzax viloyatlarida har birining quvvati 180-220 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr (quyosh) stansiyalarini (QFES) qurish loyihalari bo‘yicha tender g‘oliblari aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Elektr energiyasining har bir kVt soatiga 1,791 sent (1,57 sent elektr energiyasi uchun va + 0,221 sent elektr tarmog‘i uskunalari uchun) taklifi bilan Abu Dhabi Future Energy Company PJSC (Masdar 220 MVt) kompaniyasi Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida elektr stansiyasini qurish bo‘yicha tender g‘olibi deb topildi.

Shuningdek, har bir kVt soat elektr energiyasi uchun 1,823 sent (1,578 sent elektr energiyasi uchun va + 0,245 sent elektr tarmog‘i uskunalari uchun) taklif qilgan Abu Dhabi Future Energy Company PJSC (Masdar 220 MVt) kompaniyasi Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida QFES quradi.

Loyihalar doirasida har bir ishlab chiqaruvchi investor quyosh elektr stansiyasini, shuningdek 220 kVli yangi podstansiyani qurishi kerak.

Ma’lumot uchun, mazkur tender savdolarida 84 ta xalqaro kompaniya ishtirok etish istagini bildirgan. Shulardan ikki bosqichli tanlovdan o‘tganidan so‘ng 15 ta malakali ishtirokchilar takliflarni, shu jumladan tijorat, texnik va moliyaviy takliflarini bildirishdi.

2021 yilning 16 mayiga qadar takliflarni qabul qilish davomida Samarqand viloyatida 7 ta loyiha va Jizzax viloyatida 8 ta loyiha taklifi kelib tushdi.

Ushbu loyihalar O‘zbekistonda umumiy quvvati 1 GVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish dasturining bir qismi xisoblanib, u Energetika vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan amalga oshirilmoqda. Dasturga Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) texnik yordam ko‘rsatadi.

Dastur qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli strategiyaning asosiy tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib xisoblanadi. 2030 yilga borib mamlakatda elektr energiyasiga o‘sib borayotgan ehtiyojni qondirish uchun 5 GVtgacha tejamkor va ekologik toza quyosh energiyasini ishlab chiqarish rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

elektr Energetika stantsiya

Baholaganlar

61

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing