Voitov DXX hibsxonasida saqlanmoqda – QALAMPIR.UZ manbasi

3-sahifa

image

Avvalroq, O‘zbekistonning sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov qamoqqa olingani xabar qilingandi. Hozirda u DXX hibsxonasida saqlanayotgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, sobiq vazir O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-modda (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish)si 3-qismi “a” bandi va 205-modda (Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish)si 2-qismi “a” bandi bilan gumon qilinib ushlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat qilgan. Sud mazkur iltimosnoma asosida ishni ko‘rib chiqqan.

Sud Bosh prokuror o‘rinbosarining iltimosnomasini qanoatlantirgan holda Voitovga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llashni lozim topgan. Shuningdek, u DXX tergov hibsxonasiga joylashtirilishi belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Aziz Voitov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing