Vodiydan xushxabar! Yana 15 nafar bemor koronavirusdan forig‘ bo‘ldi

Jamiyat

3

Bugun, 13 aprel kuni Andijon viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanayotgan 97 nafar koronavirusga chalingan bemordan to‘rt nafari sog‘aydi. Shuningdek, Namangan viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida yana 11 nafar bemor butunlay ushbu kasallikdan forig‘ bo‘ldi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

"Sog‘aygan bemorlar viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida shifokorlari tomondan Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalari asosida olib borilgan to‘g‘ri davolash muolajalar tufayli darddan to‘liq forig‘ bo‘lishdi", deyiladi xabarda.

Ma’lum qilinishicha, Namangan viloyatida darddan xalos bo‘lganlarning 3 nafari erkak, 8 nafari ayol ekanligi aytilmoqda. Ularning barchasi koronavirus bilan chalingan bemor bilan muloqotda bo‘lgan.

Shunday qilib, mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘aygan bemorlar 85 nafarga yetdi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

226

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing