Vodiyda 40 nafarga yaqin bemor koronavirusdan sog‘aydi

Jamiyat

image

Andijon va Namangan viloyatida jami 38 nafar bemor koronavirus kasalligidan butkul sog‘aydi. Bu haqda bugun, 6 may kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

"Andijon viloyatidan 7 nafar, Namangan viloyatidan 31 nafar, jami 38 nafar bemor butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi", deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, Andijonda darddan forig‘ bo‘lganlarning 6 nafari erkak, 1 nafari ayol bo‘lib, barchasi ushbu viloyatdan. Bemorlarning hammasi koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Ular orasida eng yoshi kattasi 48 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 10 yoshda. Viloyatda shu paytga qadar 119 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 126 nafarga yetdi.

Shuningdek, Namanganda sog‘ayganlarning 14 nafari erkak, 17 nafari ayollar bo‘lib, ularning ham barchasi ushbu viloyatdan. Bemorlarning hammasi koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Ular orasida eng yoshi kattasi 60 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 9 yoshda. Viloyatda shu paytga qadar 106 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 137 nafarga yetdi.

Hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘aygan bemorlar 1539 nafarni tashkil etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Hozirgacha virus yuqtirganlar 2217 nafarni tashkil qilyapti. Bugungacha bemorlarning 10 nafari vafot etgan.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

111

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing