Oqqushni o‘ldirgan shaxs qidirilmoqda
Jamiyat
−
02 dekabr 2019
9986Avvalroq, Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan qo‘ng‘ir ayiq o‘ldirilgani haqida xabar bergan edik.
Shundan biroz muddat o‘tib, 26—27 noyabr kunlari ijtimoiy tarmoqlarda, xususan, Instagram’da foydalanuvchi “gafurovskiy.95” tomonidan fotosurat e’lon qilindi. Bu haqda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Suratga ko‘ra, barcha hayvonlar va qushlar o‘ldirilgan. Shuni ta’kidlash kerakki, vishildoq oqqush ham O‘zbekiston “Qizil kitobi”ga, ham Xalqaro “Qizil kitob”ga kiritilgan.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, hayvonot olamiga yetkazilgan umumiy zarar 12 million so‘mdan oshadi.
“Suratdagi yigitning shaxsini aniqlash va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘rish uchun barcha mavjud ma’lumotlar, shu jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan fotosurat Ichki ishlar vazirligi va Bosh prokuraturaga yuborildi.
Ushbu holat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi nazorati ostiga olingan. Keyingi barcha ma’lumotlar qo‘mitaning rasmiy veb-saytida e’lon qilinishi aytiladi”, deyiladi xabarda.
Shahnoza To‘ramurotova
LiveBarchasi