Qashqadaryoda maktab direktori pora bilan qo‘lga tushdi

3-sahifa

−

image

Qashqadaryo viloyatida ishga kiritib qo‘yishi evaziga 600 AQSH dollari pora olgan maktab direktori ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi. 

Qayd etilishicha, departamentning Qarshi shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda G‘uzor tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori D.S. fuqaro G.Sh. ni ushbu maktabga ingliz tili fani o‘qituvchisi sifatida ishga kiritishi evaziga 600 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatida maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida 1,3 mlrd so‘m talon-toroj qilingani aniqlangan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing