Vladimirlar uchrashuvi bugun o‘tkaziladi. Suhbat mavzusi aniq
Olam
−
09 dekabr 2019
5672Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning uchrashuvi bugun, 9 dekabr kuni kuni "Normand to‘rtligi" diorasidagi muzokaralardan keyin bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Rossiya rahbarining yordamchisi Yuriy Ushakov ma’lum qilmoqda.
"Putin va Zelenskiyga uchrashuvga rozilik bildirdilar. Bularning barchasi sammit tashkilotchilari – fransuzlar taklif qiladigan formatga mos keladi, ya’ni, sammitning barcha tadbirlari tugaganidan keyin uchrashuv o‘tkaziladi", deydi Kreml vakili. U suhbatning qancha davom etishini bilmasligini qo‘shimcha qilgan.
Putin va Zelenskiy muhokama qilishi mumkin bo‘lgan mavzular haqidagi savolga Ushakov, Minsk kelishuvlarini amalga oshirish kun tartibida ekanligini aytgan.
Shunisi ahamiyatliki, joriy yilning may oyida Poroshenkodan mamlakat rahbarligini qabul qilib olgan Vladimir Zelenskiy Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan birinchi marta uchrashmoqda. Ular bungacha 4 marta – iyul, avgust, sentyabr va noyabr oylarida telefon orqali muloqot qilganlar.
Putin Zelenskiy bilan ikki tomonlama muhim masalalarni, shu jumladan ikki mamlakat o‘rtasidagi gaz muzokaralarining muammoli jihatlarini muhokama qilishi kutilmoqda.
“Normand to‘rtligi” 2014 yil iyunidan beri mavjud. Kvartetning so‘nggi uchrashuvi 2016 yil oktyabr oyida bo‘lib o‘tdi. Sammitlar orasidagi tanaffus Kiyev rahbarlarining avvalgi uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlarni bajarmaganligi sababli kechiktirildi.
Eslatib o‘tamiz, Pyotr Poroshenko taxti vorisi Zelenskiyga Putin bilan yakkama-yakka uchrashmaslikni maslahat bergan edi.
LiveBarchasi