Vladimir Jirinovskiy vafot etdi

Olam

image
Jirinovskiyning o‘limi rad etildi north_east

Jirinovskiyning o‘limi rad etildi

Bugun, 25 mart kuni Rossiya Liberal-demokratik partiyasi yetakchisi 75 yoshli Vladimir Jirinovskiy vafot etdi.

Mash’ning yozishicha, siyosatchi bugun Moskva vaqti bilan soat 10:45 da vafot etgan.

Liberal-demokratik partiyadan saylangan senator Aleksandr Pronyushkin partiya yetakchisining o‘limini tasdiqladi.

Qayd etish kerakki, oxirgi marta Jirinovskiyning ahvoli yaxshilangani, u ko‘rsatmalar berishni boshlagani aytilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Vladimir Jirinovskiy joriy yilning 2 fevral kuni koronavirusning “omicron” shtammi bilan kasallangandi. Oradan biroz o‘tib, uning sun’iy nafas olish apparatiga ulangani va tibbiy koma holatiga tushirilgani aytildi.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, siyosatchi o‘pkasining 70 foizi zarar ko‘rgan, biroq keyinchalik uning ahvoli yaxshilangan.

Vladimir Jirinovskiy sobiq sovet davlatlariga aloqador turli xil tuturiqsiz provokatsion fikrlar bildirishi bilan odamlarga yaxshi tanish. Ko‘plab ekspertlar uni “Kremlning og‘zi” deb hisoblaydi.

So‘nggi bor u Qozog‘istonda yanvar oyida yuz bergan tartibsizliklar SSSR tarkibida bo‘lgan barcha respublikalarda sodir bo‘lishini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Jirinovskiy

Baholaganlar

1645

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing