“Vladimir, to‘xta”. Tramp Putindan urushni tugatishni so‘radi

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp Rossiya yetakchisi Vladimir Putindan zudlik bilan urushni to‘xtashni so‘radi. Bu haqda Oq uy rahbari o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yozib qoldirdi.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, u urush ovozidan mamnun emas.

“Men Rossiyaning Kiyevga qilgan zarbalaridan mamnun emasman, bu kerak emas edi va juda noto‘g‘ri vaqt tanlangan. Vladimir, to‘xta! Kel, tinchlik shartnomasini tuzaylik!” deya yozgan AQSH rahbari.

Shuningdek, u har hafta jangovar harakatlar davomida 5000 ga yaqin askar halok bo‘layotganini ta’kidlagan. 

Eslatib o‘tamiz, bugun, 24 aprelga o‘tar kechasi Rossiya Ukraina poytaxti Kiyev shahriga hujum uyushtirgandi. Oqibatda 9 kishi halok bo‘lgan, 60 dan ortiq kishi turli darajadagi tan jarohatlari olgan. Yaradorlar orasida bolalar ham bor. Ukraina Favqulodda vaziyatlar xizmati ma’lumotiga ko‘ra, jabrlanganlar soni oshishda davom etmoqda – hozircha 63 kishi jarohat olgan, 42 nafari shifoxonaga yotqizilgan, ular orasida 6 nafar bola bor. Shu bilan birga, qulab tushgan binolar ostida qolgan odamlar qidirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Vladimir Putin Donal'd Tramp

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing