Vladimir Putinning kelgusi hafta safarga chiqishi e’lon qilindi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin joriy yilning 23 noyabr kuni Yerevanda bo‘lib o‘tadigan Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti (KXSHT) sammitida shaxsan ishtirok etadi. Bu haqda bugun, 18 noyabr kuni Rossiya yetakchisining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi. 

“KXSHT sammiti uchun Armanistonga sayohat bo‘ladi, [Moskvada] Rossiya-Kuba muzokaralari bo‘ladi”, deydi Kreml spikeri davlat rahbarining kelasi haftadagi dasturi haqidagi savolga javob berar ekan. 

23 noyabr kuni Nikol Pashinyan raisligida Yerevanda KXSHT Kollektiv xavfsizlik kengashining (KXK) sessiyasi bo‘lib o‘tadi. Tadbirda Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov va Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon ishtirok etishi kutilmoqda. Uchrashuvda KXSHT Bosh kotibi Stanislav Zas ham ishtirok etadi. 

MDH a’zolari xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikning dolzarb masalalarini hamda sessiyalararo davrdagi Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti faoliyatining asosiy natijalarini muhokama qiladi. KXSHTning inqirozga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish va Armanistonga yordam ko‘rsatish bo‘yicha birgalikdagi chora-tadbirlarni muhokama qilish eng muhim masalalardan biri bo‘ladi. 

KXK sessiyasi davomida Kollektiv xavfsizlik kengashining deklaratsiyasi qabul qilinishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 28 oktyabr kuni KXSHT davlatlar rahbarlari onlayn yig‘ilish o‘tkazdi. Unda Kollektiv xavfsizlik kengashi Baku va Yerevan o‘rtasidagi ziddiyatlarni siyosiy va diplomatik yo‘llar bilan hal etish tarafdori bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin KXShT

Baholaganlar

302

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing