Vinisius Juniorni haqorat qilgan muxlislar qamaldi

Sport

image

“Real Madrid” klubi hujumchisi Vinisius Juniorni irqiy kamsitgan “Valensiya” klubining 3 nafar muxlisi 8 oyga qamaldi va 2 yilga stadionga kirishi taqiqlandi. Bu haqda ESPN nashri xabar berdi.

2023 yil 21 may kuni La Liga doirasida “Valensiya” klubi o‘z maydonida “Real Madrid” klubini qabul qildi va jamoa futbolchisi Diyego Lopesning yagona goli evaziga g‘alaba qozongandi. “Valensiya” klubi stadioni “Mestalya”ga yig‘ilgan muxlislar ”Real” forvardini irqiy kamsitgandi. Buning natijasida futbolchi muxlislar bilan tortishib, 90+7 daqiqada qizil kartochka olib maydondan chetlatilgandi.

Keyinroq, Vinisius Ispaniyada irqchilikka qarshi kurashishga qo‘shildi. La Liga prezidenti Xaver Tebas esa muammoga ahamiyat qaratishga va’da berdi.

“Valensiya“da Vinining haqorat qilganini unutib bo‘lmaydi”, deydi “Real” murabbiyi Anchelotti.

Ma’lumot uchun, Vinisius joriy mavsum “Real Madrid” safida La Ligada va Yevropa Chempionlar ligasida g‘alaba qozondi, ayni vaqtda “Transfermarkt” portali uni 180 million yevroga baholamoqda.

Xabibulloh Rayimov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

La Liga Vinisius Junior

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing