Vinisius Ronalduning “Real”dagi raqamini oldi
Sport
−
12 iyun 2023 6296 1 daqiqa
Braziliyalik futbolchi Vinisius Junior kelasi mavsumda “Real Madrid” safida 7-raqam ostida maydonga tushadi. Bu haqda “Defensa Central” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “qirollik klubi” shu yozda Eden Azar bilan xayrlashishi ortidan 2019 yildan beri birinchi marta bo‘shab qolgan 7-raqam endilikda 25 va 20-raqamlar ostida o‘ynagan Vinisius nomiga rasmiylashtiriladi.
Rodrigo esa Marko Asensio ketganidan keyin bo‘shab qolgan 11-raqamga ega chiqdi.

Ma’lumot uchun, 2018 yilda Krishtianu Ronaldu jamoadan ketganidan so‘ng, uning raqami Marianoga nasib qilgandi. Biroq bir yildan so‘ng rahbariyat uni Azarga olib berdi. Belgiyalik futbolchi deyarli 4 yil 7-raqam ostida maydonga tushdi.
Shuningdek, Vinisiusning 20-raqami Fran Garsiyaga topshirildi. Hozirda jamoada 9, 14, 21 va 24-raqamlar bo‘sh qolmoqda.
Umurzoqov Muhsinjon
Live
Barchasi