Vinisius ikkinchi bor sevgilisi bilan ajrashdi

Sport

−

image

“Real Madrid” hujumchisi Vinisius Junior va braziliyalik taniqli shaxs Virjiniya Fonseka munosabatlariga ikkinchi bor nuqta qo‘ydi. Bu haqda Fonsekaning rasmiylari ma’lum qildi.

Virjiniya Fonseka tomonining ma’lum qilishicha, qaror o‘zaro kelishuv asosida qabul qilingan.

“Hech qanday mojaro yoki janjal bo‘lmadi. Ular shunchaki endi birga bo‘lmaslikka qaror qilishdi”, deyiladi Virjiniyaning vakillari bayonotda.

Futbolchi va ishbilarmon ayol o‘rtasidagi munosabatlar 2025 yil oxirida boshlangan. Biroq juftlik ilk bor 2026 yil may oyida ajrashgan. O‘shanda Virjiniya munosabatlar uchun o‘z tamoyillaridan voz kechishga tayyor emasligini bildirgan.

Shunga qaramay, yozda ular munosabatlariga yana bir imkoniyat berishga qaror qilgan. Joriy yilning iyul oyida Vinisius va Virjiniya Braziliyaning Goyaniya shahridagi fitnes markazi ochilishida birga qatnashib, yarashganliklarini ommaga ma’lum qilgan. Shundan keyin ular birga vaqt o‘tkazishda davom etgan.

Biroq munosabatlar uzoqqa cho‘zilmadi. Braziliyaning “Globo” nashri xabar berishicha, so‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda juftlikning ajrashgani haqidagi mish-mishlar tarqala boshlagan. Kecha, 11 oktyabr kuni Virjiniya uch nafar farzandi bilan Ispaniyadan AQSHga uchib ketgan. Shu tariqa, Braziliyada ko‘p muhokama qilinayotgan juftlik munosabatlari ikkinchi bor yakunlandi. Ajralish sabablari esa hozircha oshkor etilmagan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing