Vinisius Mbappening “Real”ga o‘tishini xohlamayapti
Sport
−
19 yanvar 2024 4782 1 daqiqa
“Real”ning braziliyalik hujumchisi Vinisius Junior Madrid jamoasini tark etishi mumkin. Bu haqda “Metro” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, futbolchi “Real Madrid”ning PSJ va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappeni sotib olishiga qarshi. Qayd etilishicha, Mbappening transferi bo‘yicha kelishuv amalga oshsa, Vinisius “Real”ni tark etishga harakat qiladi.
Joriy mavsumda Vinisius Junior “qaymoqranglilar” tarkibida barcha musobaqalarda 17 ta o‘yin o‘tkazib, 9 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Braziliyalik futbolchining “Real” bilan shartnomasi 2027 yilning yozida yakuniga etadi. “Transfermarkt” internet portaliga ko‘ra, hujumchining taxminiy narxi 150 million yevroni tashkil qiladi.
“Real” Ispaniya chempionati turnir jadvalining 2-pog‘onasida bormoqda, madridliklar 19 o‘yinda 48 ochko to‘plagan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025