Vinisius APLga, Xvicha La Ligaga yo‘l olishi mumkin

Sport

image

Yevropada hali mavsum tugamasdanoq transfer haqida gap-so‘zlar avj oldi. QALAMPIR.UZ Yevropaning mashhur nashrlari bergan ma’lumotlarga tayanib, ushbu haftada chiqqan e’tiborga loyiq transfer yangiliklariga to‘xtaladi.

“El Nacional”:

Angliyaning “Liverpul” jamoasi “Real Madrid” vingeri Vinisius Juniorni jamoaga olib kelmoqchi. “Mersisaydliklar” Vini uchun 172 million to‘lashga tayyor  va uni Salohga munosib o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. Qolaversa, “qirollik klubi” yozda Kilian Mbappeni jamoaga olib kelsa, Vinisius pozitsiyasini o‘zgartirishga to‘g‘ri keladi, ammo braziliyalikning o‘zi bunga rozi va jamoada qolishni afzal ko‘rmoqda.

“Fichajes”: 

Vinisiusning jamoadoshi Rodrigoga “Manchester Yunayted” jiddiy qiziqmoqda. “Qizil iblislar” braziliyalik uchun 110 million funt taklif qilmoqchi. 

AS:

Kataloniyaning “Barselona” klubi “Napoli” bilan hujumchi Xvicha Kvaratsxeliya borasida dastlabki muzokaralarni o‘tkazgan, biroq jamoalar uning narxi borasida hali bir to‘xtamga kelmadi.

“GIVEMESPORT”:

Oxirgi paytlarda zaxirada qolib ketayotgan “Arsenal” darvozaboni Aaron Ramsdeyl yozda ”Nyukasl” safiga borib qo‘shilishi mumkin. “Oq-qoralar” murabbiyi Eddi Xou ham sobiq shogirdini jamoada ko‘rishdan mamnun bo‘ladi. 

“Bild”:

Dani Olmo yozda “Leypsig”ni tark etadigan bo‘lsa, “Manchester Siti” uni qo‘lga kiritish uchun asosiy nomzod sanaladi. 

“Gazetta dello Sport”:

Londonning “Chelsi” klubi Viktor Osimxenni qo‘lga kirita olmasa, bor e’tiborini ”Jirona” forvardi Artyom Dovbikka qaratmoqchi.

“GIVEMESPORT”:

“Real Madrid” va PSJ klublari “Chelsi” sardori Ris Jeymsga qiziqib qolgan, biroq “aristokratlar” himoyachisini hech qayoqqa qo‘yib yubormoqchi emas.


Maqola muallifi

Teglar

transfer Real Madrid Rodrigo Vinisius Junior

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing