Viloyatlik abituriyentlar o‘z hududidan test topshirsa bo‘ladi – DTM direktori
Jamiyat
−
05 iyun 2020
10494Joriy yilda oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun hujjat topshirgan abituriyentlar ruxsatnomalarni hujjat topshirish tugaganidan 1 hafta o‘tib olishi mumkin bo‘ladi. Bu haqda Davlat test markazi direktori Majid Karimov ma’lum qildi.
“Abituriyent saytga kirib, o‘zining shaxsiy kabinetida ruxsatnomani ko‘radi. Unda test topshiradigan vaqti, sanasi va joyi ko‘rsatiladi. Bultur joriy qilinganidek, abituriyent istalgan joyida imtihon topshirishi mumkin. Xohlasa o‘z hududida, xohlasa Tfoshkentda. Qaysi oliy ta’lim muassasasiga hujjat topshirishidan qat’iy nazar bu imkoniyat bu yil ham saqlab qolinadi”, deydi DTM direktori.
Test sinovlari 3 ta smenada o‘tkaziladi. Abituriyentlar test boshlanishidan 1 soat oldin kelishi kerak bo‘ladi.
“Pandemiya sharoitini e’tiborga olib, abituriyentlarga qator talablar qo‘yilyapti. Birinchi navbatda ular dezinfeksiya to‘sig‘idan o‘tishi kerak. Undan o‘tgandan keyin, ularni harorati o‘lchanib, niqoblari ngilanadi va qo‘liga rezina qo‘lqop beriladi. Shundan so‘nggina, ular shaxsni inedtifikatsiyalovchi vositalardan o‘tadi. Mana shu tayyorgarlik ishlari uchun abituriyent 1 soat oldin hududda bo‘lishi talab etiladi”, deydi Majid Karimov.
Imtihonlarning birinchi smenasi soat 8:00 da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, OTMlarga kirish uchun hujjat topshirish 15 iyundan boshlanadi. Hujjatlar to‘liq onlayn topshiriladi. Hujjat topshirish uchun uchta platforma ishlab turadi.