Viloyat hokimlariga yangi vakolat berildi

Jamiyat

image
SSV markaziy apparati tuzilmasida o‘zgarish bo‘ldi north_east

SSV markaziy apparati tuzilmasida o‘zgarish bo‘ldi

Endilikda viloyat hokimlari o‘z hududida sog‘liqni saqlash boshqarmasiga boshliq tayinlashda ham qatnashadi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining “Sog‘liqni saqlash sohasida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilandi.

Qarorga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri va viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari boshliqlari Sog‘liqni saqlash vaziri tomonidan tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi va viloyatlar hokimlari bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi.

Hududiy ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari, hududiy bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari bosh shifokorlari, hududiy tibbiy diagnostika markazlari, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari rahbarlari sog‘liqni saqlash vaziri hamda tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan kelishilgan holda tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri, viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshliqlari tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

SSV hokim

Baholaganlar

636

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing