Video: Rossiyada o‘zbekistonlik kassir ayol vahshiylarcha pichoqlab, o‘ldirildi

Olam

Kecha, 29 aprel kuni Rossiyaning Tula viloyati Uzlovaya shahrida erkak “Pyaterochka” supermarketi kassiriga hujum qilib, unga pichoq bilan 20 ga yaqin zarba berib, voqea joyidan yashiringan. Bu haqda mahalliy OAV xabar berdi.

Qayd etilishicha, supermarket qo‘riqchilari erkakni to‘xtatishga urinmagan. Ayol olgan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan.

Qurbon asli o‘zbekistonlik Umida ismli ayol bo‘lgan. Uning uch nafar farzandi ham bo‘lgan.

“Politsiya xodimlari qisqa vaqt ichida gumonlanuvchining shaxsini aniqlashdi. U mahalliy aholi vakillaridan biri bo‘lib, 1984 yilda tug‘ilgan. Uzlovaya va qo‘shni tumanlardagi barcha politsiya naryadlari uni qo‘lga olish uchun safarbar qilindi, ehtimoliy jinoyatchi qayerda ekanini aniqlashga qaratilgan ishlar olib borildi. Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida ikki uchastka inspektori qidirilayotgan shaxsga o‘xshash kishini payqagan. Shundan keyin, PPX xodimlari bilan birga o‘tkazilgan harakatlar chog‘ida u bog‘ uyushmalaridan birida qo‘lga olindi”, degan Rossiya IIV vakili Irina Volk.

Под Тулой кассира супермаркета из Узбекистана убили на глазах покупателей

Xabarlarda ta’kidlanishicha, qotil o‘z qurboni bilan tanish bo‘lgan. Ular qo‘shni bo‘lib yashagan. Erkak alkogol mahsulotlarini ko‘p ichishi hamda musiqani baland ovozda eshitishi sababli ular o‘rtasida mojaro ham kelib chiqqan. Uch nafar farzandi bo‘lgan Umida S. Andrey K.dan bir necha bor shovqinni pasaytirish haqida so‘ragan, ammo u bu iltimoslarga parvo ham qilmagan. Shundan so‘ng, o‘zbekistonlik ayol bu shaxsga politsiyaga ariza bilan murojaat qilishi haqida aytgan.

Halok bo‘lgan Umida S.ning hamkasblari u haqda iliq fikrlar bildirgan. Ayol doim atrofidagilari va qo‘shnilariga yordam berishini aytib o‘tishgan.

Под Тулой кассира супермаркета из Узбекистана убили на глазах покупателей

Tergovchlar mazkur holat yuzasidan qotillik bo‘yicha jinoiy ish ochgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya qotillik

Baholaganlar

154

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing