Video: Zelenskiy bilan uchrashuv vaqtida Merkelning tobi qochdi

Jamiyat

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuv vaqtida Germaniya Federativ Respublikasi kansleri Angela Merkelning tobi qochdi. 

Bugun, 18 iyun kuni Ukraina Prezidenti rasmiy tashrif bilan Germaniyaga bordi. Zelenskiy GFR kansleri Angela Merkel bilan uchrashdi. Muzokaralar boshlanishidan avval Zelenskiy va Merkel ikki davlat madhiyalarini eshitdi.

Shu vaqtda Merkel o‘zini darmonsiz his qildi. Video tasvirlarda uning butun tanasi qattiq titrayotgani ko‘rinadi. U titroqni bostirishga urinadi, lekin uddalay olmaydi.

Merkelning bu holati issiq bilan bog‘lanyapti. Ayni vaqtda Berlinda havo +30 daraja issiq.

Merkelning darmonsizligi muzokaralarga halal bermagan. Yakunda Prezident va kansler matbuot anjumani o‘tkazgan. Unda Merkel Rossiyaga qo‘yilgan sanksiyalar Minsk kelishuvlari to‘la amalga oshirilmaguncha bekor qilinmasligini ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Zelenskiy Angela Merkel'

Baholaganlar

62

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing